Avval xabar berganimizdek, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida buyuk davlat arbobi, sarkarda va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning tavalludiga bag`ishlab o`tkazilayotgan #BoburDay sayli bo`lib o`tmoqda.
Saylga O`zbekiston milliy akademik drama teatrining taniqli aktyor va aktrisalari, davlat va jamoat tashkiloti xodimlari, turli soha vakillari, talabalar tashrif buyurishdi.
Mehmonlar buyuk siymo Bobur tavallud kuniga bag`ishlangan #BoburDay sayli xesh-teglari aks ettirilgan maxsus bannerlar, dekorasiya va illyustrasiyalar atrofida esdalik uchun suratga tushishmoqda.
Eslatib o`tamiz, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi O`zbekiston yoshlar ittifoqi va boshqa hamkorlar bilan birgalikda bugun Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida #BoburDay sayli o`tkazilmoqda.
#BoburDay sayli 18.00 ga qadar davom etadi, unda barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin.






