O`zbekiston yoshlar ittifoqi Bo`stonliq tuman Kengashi tashabbusi bilan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan havaskor sportchi yoshlar o`rtasida ilk marotaba “CHIMGANCHALLENGE” qishki sport turlari bo`yicha Yoshlar festivali tashkil etildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori ijrosini ta`minlash hamda Davlatimiz rahbarining 2018 yil 20 sentyabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalalariga bag`ishlangan yig`ilishida belgilangan vazifalarga ko`ra, yoshlar o`rtasida ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida O`zbekiston yoshlar ittifoqi Bo`stonliq tuman Kengashi tashabbusi bilan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan havaskor sportchi yoshlar o`rtasida ilk marotaba“CHIMGANCHALLENGE”qishki sport turlari bo`yicha Yoshlar festivali o`tkazildi.
Bundan ko`zlangan asosiy maqsad, yoshlar o`rtasida sportning qishki turlarini rivojlantirish, xususan, snowboarding, voleybol, tog` chang`isi yo`nalishlarida havaskor yoshlarni qo`llab-quvvatlash, bu orqali kelgusida qishki olimpiadalarda professional o`zbek yoshlari safini kengaytirishdir.
Qishki sport festivalida Toshkent viloyatining har bir tuman (shahar)laridan tog` chang`isi, snowboarding, voleybol sport turlari bo`yicha havaskor o`g`il-qizlar ishtirok etishdi. G`olib va sovrindorlarga tashkilotchilarning esdalik sovg`alari topshirildi.