AsosiyJamiyat

Sog`liqni saqlash vazirligiga muhim topshiriqlar berildi

'Sog`liqni saqlash vazirligiga muhim topshiriqlar berildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 2019 yil 13 fevraldagi “Ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya yordami ko`rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori bilan Sog`liqni saqlash vazirligiga muhim topshiriqlar berildi.

Jumladan:

• immunodiagnostikani o`tkazish maqsadida 2019 yil 1 aprelga qadar sil kasalligini yuqtirib olish xavfi yuqori bo`lgan shaxslarning asoslangan kontingentini aniqlash;

• 2019 yil 1 mayga qadar Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy markazlarining yangilangan tashkiliy-shtat tuzilmalarini “Sog`liqni saqlash” tarmog`i bo`yicha ko`zda tutilgan yillik byudjet mablag`lari doirasida tasdiqlash;

• 2019 yil 1 mayga qadar respublika, viloyat va tuman (shahar) miqyosida ko`rsatiladigan tibbiy xizmatlar hajmini, pulmonolog xonasini jihozlash standartlarini, mutaxassislarning funksional vazifalarini belgilagan holda pulmonologiya bo`limlari faoliyatini tashkillashtirishni nazarda tutuvchi pulmonologiya yo`nalishi bo`yicha tibbiy yordam ko`rsatish tartibini tasdiqlash;

• 2019 yil 1 iyunga qadar Moliya vazirligi bilan birgalikda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu bandning ikkinchi xatboshida ko`rsatilgan shaxslarda aniqlangan latent silni tashxislash va davolash tadbirlarini tashkillashtirish, shuningdek, ushbu tadbirlarni moliyalashtirish manbalarini aniqlash bo`yicha takliflar kiritsh;

• O`zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi bilan birgalikda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga uch oy muddatda sifatli tashxislash, silga qarshi dori va individual himoya vositalarini ishlab chiqarishni tashkillashtirish va rivojlantirish bo`yicha takliflar kiritsin;

• O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bilan birgalikda tibbiyot oliy ta`lim muassasalarining o`quv dasturlari va yuklamalarini tanqidiy o`rganish natijalari asosida tibbiyot oliy ta`lim muassasalarining “Ftiziatriya” kafedralarini “Ftiziatriya va pulmonologiya” kafedralariga qayta ixtisoslashtirish bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish shular jumlasidan.

    Boshqa yangiliklar