AsosiyJamiyat

Toshkentdagi pista qadoqlash sexida yong`in yuz berdi

'Toshkentdagi pista qadoqlash sexida yong`in yuz berdi'ning rasmi

Kecha, 13 fevral kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida “Bahtiyor Factor” MChJga qarashli pista qadoqlash sexida yong`in sodir bo`lgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirilgan. Oqibatda sexning jihozlari yonib zarar ko`rgan hamda yong`in o`chirish vaqtida shu sex ishchisi, Chilonzor tumanida yashovchi T.P.(ismli ayol) kuyish jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan.

Yong`in kelib chiqish sababi aniqlanmoqda. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar