AsosiyJamiyat

NATO vakillari Qurolli Kuchlar akademiyasida harbiy hamkorlik bo`yicha mashg`ulot o`tkazdi

'NATO vakillari Qurolli Kuchlar akademiyasida harbiy hamkorlik bo`yicha mashg`ulot o`tkazdi'ning rasmi

NATOning Bryunsyum (Niderlandiya) shahridagi Birlashgan kuchlar qo`mondonligi shtab-kvartirasi mutaxassislari polkovnik Yasen Kenarov, podpolkovniklar Xose Rodriges, Patrik Tomas va P. Xudik O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi qo`mondonlik-shtab fakulteti tinglovchilari bilan «Harbiy-fuqarolik hamkorlik» mavzusida nazariy va amaliy mashg`ulotlar o`tkazdi.

Qurolli Kuchlar akademiyasi qo`mondonlik-shtab fakulteti tinglovchilari ushbu mashg`ulotlar davomida NATO tizimidagi bugungi o`zgarishlar, amaliyotlarni rejalashtirish jarayoni va harbiy qarorlar qabul qilish, shuningdek, Alyansning strategik infratuzilmalari borasida ham muhim ma`lumotlarga ega bo`lishdi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi va NATOning Bryunsyum shahridagi Birlashgan kuchlar qo`mondonligi shtab-kvartirasi o`rtasidagi hamkorlikka 2013 yilda asos solingan bo`lib, bugungi kunda mazkur aloqalar tobora mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtga kelib NATO vakillari tomonidan har yili o`rta hisobda to`rttagacha qisqa muddatli o`quv-seminarlari o`tkazib kelinadi.

Ta`kidlash kerakki, mazkur tadbirlar doirasida NATO delegasiyasi tarkibidagi bir qator a`zo va hamkor mamlakatlar ofiserlari yurtimizda o`quv mashg`ulotlari bilan bo`lishgan. Bular ichida AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Niderlandiya, Fransiya, Belgiya, Italiya, Ispaniya, Kanada, Turkiya, Ozarbayjon, Bolgariya va Polsha davlatlari malakali mutaxassislarini alohida sanab o`tish mumkin.

    Boshqa yangiliklar