Toshkentda Turkmaniston savdo uyi ochilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaevning Turkmaniston elchisi Yazguli Mammedov bilan uchrashuvida so`z bordi, deya xabar beradi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.
Turkmanistondan O`zbekistonga asosan neft va neft mahsulotlari, jihozlar, polimerlar va boshqa kimyoviy tovarlar etkaziladi.
Toshkent shahar hokimligida bo`lib o`tgan muzokaralarda Chilonzor tumanining Muqimiy ko`chasida joylashgan elchixona er uchastkasida diplomatik vakolatxona xodimlari uchun turar joy qurilishi bilan bog`liq masalalar ham muhokama qilindi.






