AsosiyJamiyat

Toshkentda bir kechada 34 nafar ayol fohishalikda gumonlanib, qo`lga olindi

'Toshkentda bir kechada 34 nafar ayol fohishalikda gumonlanib, qo`lga olindi'ning rasmi

Toshkentda 13 fevraldan 14 fevralga o`tar kechasida fohishalik bilan shug`ullanishda gumonlanayotgan 34 nafar ayol qo`lga olindi, deb xabar qilmoqda IIBB matbuot xizmati.

Ayollarning barchasi ko`ngilochar maskanlar va mehmonxonalar yonida qo`lga olingan. Ularning eng katta qismi Chilonzor va Uchtepa tumanlarida ushlangan: xususan, Qatortol ko`chasidagi "Shuhrat" chorrahasida, Al-Xorazmiy krugi oldida. Bundan tashqari, ayollarning 9 nafari Shahrisabz va Amir Temur ko`chalari chorrahalarida (Mirobod tumanida) qo`lga olingan. Bektemir tumani - "Qo`yliq" bozori yonida va Yashnabod tumanida jami 8 nafar ayol qo`lga olingan.

Ayollarning 6 nafarini IIBB xodimlari Yunusobod tumanida Amir Temur ko`chasida to`xtatishgan.

Bu ayollarning 24 nafari ilgari ham O`zbekiston Respublikasi ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 190 moddasi (fohishalik bilan shug`ullanish) bo`yicha ma`muriy javobgarlikka tortilgan.

Shuningdek, "IIBB xodimlarining kechki va tungi paytlarda o`tkazayotgan reydlari dunyodagi eng ko`hna kasb deya atalmish fohishalik bilan shug`ullanishda gumonlanayotgan xotin-qizlarni aniqlashdangina iborat emas. Asosiy maqsad - ularni bu singari hayot tarziga nima majburlaganini aniqlashdir. Ehtimol ular hunarga yoki kasb-korga ega emasdir, balki yaqinlari bilan munosabatlari buzilgandir, yaqinlari kasalligi tufayli shu ish bilan shug`ullanishga majbur bo`lgandir... Biroq fohishalar bilan tartibsiz aloqalar nafaqat oila buzilishiga olib kelishi, balki jiddiy yuqumli kasalliklarni ham yuqtirib olish xavfini tug`dirishi mumkin", - deyilgan xabarda.

    Boshqa yangiliklar