Kanadaning Toronto shahrida tinimsiz yog`ayotgan yomg`ir tufayli maktablar va boshqa o`quv muassasalari yopildi, deb xabar berdi News.day.az nashri.
Ayni vaqtda shamol tezligi soatiga 70 km.ga etgan. Bu esa ko`chalarda yurish uchun xavflidir. Aholi tashuvchi transport vositalari ham kuchli jala sabab harakatlana olmayapti. Bu kabi holatni mamlakatning boshqa yirik shaharlarida ham kuzatish mumkin. Meteorologiya xizmati vakillari hafta so`ngiga qadar 25 sm qalinlikdagi qor yog`ishi kutilayotganini xabar qilishmoqda.






