Hindistonliklar Don filmini Abitabh Bachchan ijrosida tamosha qilganlaridan so`ng, ushbu obrazni boshqa inson u kabi mahorat bilan o`ynay olmasa kerak, degan fikrlar matbuot nashrlarida chop etilgandi.
Ammo 2006 yili Farhan Axtar rejissyorligida suratga olingan “Don-1” filmida Shoxrux Xon Don obrazida gavdalangach uning aktyorlik mahoratiga barcha tan berdi. 2011 yili omma e`tiboriga namoyish etilgan “Don-2” ham kutilgan natijani berdi va ishonchni oqlay oldi. Ayni kunlarda “Don-3” filmi ustidagi ishlar boshlab yuborilgan va uning ssenariysi 60 flizga tayyor deb e`tirof etilmoqda, deya xabar beradi bollywood.tj nashri.
Aytish lozimki, bu safar ham Don rolida Hindistonning eng mashxur aktyorlaridan biri avvalgi “Don”lar muallifi Shoxrux Xon ijro etadi.