1

MOQ vakillari Respublika onkologik markazida davolanayotgan bolajonlarga quvonch ulashishdi (foto)

Jamiyat 15.02.2019, 15:32
Teglar: Foto
MOQ vakillari Respublika onkologik markazida davolanayotgan bolajonlarga quvonch ulashishdi (foto)

Bugun, 15 fevral kuni “Saraton bilan kasallangan bolalar Xalqaro kuni” nishonlanmoqda. Bu kunda xayriya aksiyalari, bolalar onkologiyasi muammolari bilan tanishtiruvchi turli tadbirlar tashkil qilinadi.

Ana shu maqsadda O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi mutasaddilari, shuningdek, dzyudo bo`yicha xalqaro toifadagi hakam, Osiyo chempioni, Osiyo o`yinlari sovrindori va ko`plab xalqaro turnirlar g`olibi Ramziddin Saidov bugun Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy onkologiya radiologiya markaziga tashrif buyurishdi. U erda onkologik kasallik bilan hastalangan bolajonlarning ko`nglini ko`tarish, ularga umid bag`ishlash maqsadida esdalik sovg`alari ulashildi.

«Sportchilar bunday tadbirlarda ko`p ishtirok etadilar. Ammo, men ushbu markazga ilk maroatab tashrif buyurdim. Biz bolajonlar va ularning ota-onalarini qo`llab-quvvatlash, muammolarni biroz bo`lsada yoddan chiqarishlariga yordam berish maqsadida ularga sovg`alar ulashdik. Bolalar tezroq sog`ayib ketib, ushbu koptoklarni o`ynashsin, sport bilan shug`ullanishsin va sog`lom bo`lishsin», – dedi Ramziddin Saidov.

Darhaqiqat, bugun onkologik markaz binosida haqiqiy bayram tashkil etildi. Bolajonlarni ko`llab-quvvatlash uchun nafaqat Olimpiya harakati ishtirokchilari, balki estradamiz yulduzlari, turli tashkilotlar vakillari ham tashrif buyurishdi.

«Saraton bilan kasallangan bolalar Xalqaro kuni”ni tashkil qilishdan maqsad – pediatr-shifokorlarning saviyasini oshirish, professional tibbiyot ahli, fuqarolarning ijtimoiy mas`uliyatini yuksaltirish va bolalar onkologiyasi haqida o`zaro fikr almashishdan iboratdir. Bolalar bizning kelajagimiz. Biz ularning sog`lom bo`lishlarini istaymiz. Afsuski, onkologik kasallikni dastlabki bosqichdayoq bilib bo`lmaydi. O`zbekistonda yiliga 3000 nafardan ortiq bolalar onkologik kasalliklar bilan og`riydi. Bugungi kunda markazimiz 60 nafar bolani qabul qila oladi. Bugun Milliy olimpiya qo`mitasi mutasaddilari ham bolalarimizni tabriklagani kelishganidan juda xursand bo`ldik», – dedi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy onkologiya radiologiya markazi direktori o`rinbosari Odiljon Ahmedov Muhammedjanovich.

Milliy olimpiya qo`mitasi saratonga chalingan bolajonlarning tezroq sog`ayib, sog`lom xayotga qaytishlarini tilaydi. Shu bilan birgalikda, ularni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, ko`nglini ko`tarish, dardiga malham bo`lish uchun barcha keakli ishlarni amalga oshirga tayyor ekanligini ma`lum qiladi.

r

Sharhlar

Xitoyda ertalabdan o`zini baxtsiz his qilganlar ishga kelishi shart emas

25.04.2024, 07:33

Xitoyning Xenan provinsiyasidagi chakana savdo tarmog`i asoschisi Yu Donglay xodimlarga ish va hayot muvozanatini yaxshilashga yordam berish uchun “baxtsiz ta`til” kunlarini joriy qildi, deb yozadi...
U nega qamalganini ochiqladi

01.04.2024, 16:31

Ijtimoiy tarmoqlarda Solixon domla nomi bilan tanilgan Solixon Ortiqxo`jaev 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari Darakchi.uz ga xabar berdi.2024 yil 30 mart Toshkent...
Pedagoglarni 3 yil kuttirgan qonun nihoyat imzolandi

21.02.2024, 17:28

Xabaringiz bor, 2024 yil 1 fevral kuni “Pedagogning maqomi to`g`risida”gi Qonun imzolandi. Undagi pedagoglar uchun eng asosiy o`zgarishlardan biri – endi maktabga yangi ishga kirgan...
⚡️iPhone 16 ko`rinishi e`lon qilindi

13.02.2024, 09:36

Tvitterda Majin Bu taxallusi ostida yashiringan taniqli Apple insayderi yangi avlod iPhonelari haqida yangi ma`lumotlar bilan bo`lishdi. Insayder xabaridan ma`lum bo`lishicha, kompaniya bir vaqtning o`zida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1