AsosiyJamiyat

Valyutani yashirin tarzda olib chiqishga urinishning o`z vaqtida oldi olindi

'Valyutani yashirin tarzda olib chiqishga urinishning  o`z vaqtida oldi olindi 'ning rasmi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan respublikamiz bojxona chegaralari orqali naqd xorijiy valyutalarning noqonuniy olib o`tilishiga doir navbatdagi holat fosh qilindi.

“Navoiy” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan ushbu postga “MAN” rusumli avtotransport vositasini boshqarib kirib kelgan fuqaro N.N. og`zaki so`rovdan so`ng, belgilangan tartibda nazoratdan o`tkazildi. Natijada, shaxsiy ko`rik jarayonida fuqaro kurtkasining ichki cho`ntagidan va hamyoni ichida yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda aytilmagan 9 800 AQSh dollari hamda 15 200 qozoq tengesini yashirin tarzda olib chiqayotgani ma`lum bo`ldi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar