15 fevraldan boshlab Davlat xizmatlari markazi xodimlari tashrif buyuruvchilarni maxsus uniformada kutib olishadi.
Davlat xizmatlari agentligi tomonidan bugungi kunda davlat xizmatlarini ko`rsatishning yangi standartlarini joriy etish uchun sa`y-harakatlar amalga oshirilmoqda.
Tashrif buyuruvchi markazga kelganda, birinchi bo`lib e`tibori — bu xodimlarning tashqi ko`rinishi, ularning muomala madaniyatiga e`tibor qaratishadi. Shu bois, bugungi kunda davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan har bir shaxs o`zini qulay, ularning fikr-mulohazalarini hisobga olinayotganligini his etishlariga alohida e`tibor qaratilmoqda.
Uniformani ishlab chiqishda mutaxassislar har bir xodimning individual imidji — tashkilot haqida umumiy baho beruvchi yagona korporativ elementi ekanligini asos qilib oldilar.

Yangi forma xodimlarning qat`iyati va ishchanligiga urg`u berib, qulay va ixcham. Uniforma komplektlari o`z ichiga maxsus kashtaga ega pidjak va nimcha, shuningdek, erkaklarda to`plam bilan bitta rangdagi galstuk va shim, ayollarda uchburchak bo`yin ro`moli va yubkalarni qamrab oladi. Umuman olganda, Davlat xizmatlari markazlari xodimlari o`z kasblariga munosib ko`rinishda bo`ladi.
Eslatib o`tamiz, avvallari biz Markazlar xodimlari uchun tasdiklangan tamoyillar haqida aytib o`tganmiz. Umid qilamizki, munosib tashqi ko`rinish, shuningdek, davlat xizmatlari ko`rsatishning mutlaqo yangi formati mavjud bo`lgan byurokrat-amaldorlar stereotipini yo`q qilib, xalqqa ochiq bo`lgan davlat xizmatchilari yangi timsolini yaratishga yordam beradi.






