AsosiyJamiyat

Shahar hokimligi: Noqonuniy qurilmalar va savdo rastalarini tartibga solish vaqti keldi

'Shahar hokimligi: Noqonuniy qurilmalar va savdo rastalarini  tartibga solish vaqti keldi'ning rasmi

Hozirgi kunda Chilonzor tumanida joylashgan ko`plab vaqtinchalik qurilmalar va savdo rastalari, savdo-sotiq ob`ektlari tartibga keltirilmoqda, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, barcha tadbirkorlar ish boshlab, buning uchun joy tanlayotganda va hujjatlar tayyorlayotganda shaharsozlikka oid talablar bilan tanishtiriladi.

Bildirilishicha, bu borada O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 12 fevraldagi “Aholi punktlarini kompleks qurishda shaharsozlik normalari va qoidalari qat`iy bajarilishini nazorat qilishni kuchaytirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi 41-sonli va Toshkent shahar hokimining 2009 yil 4 martdagi “Toshkent shahar hududida aholi punktlarini kompleks qurishda shaharsozlik normalari va qoidalari qat`iy bajarilishini nazorat qilishni kuchaytirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi 115-sonli qarorlari asos bo`lib xizmat qiladi.

“Fotolavhalarni kuzatib, aholi turar joylariga tutash holda barpo etilgan qurilmalar oraliq masofasi nuqtai nazardan ham, tashqi ko`rinishi va jihozlanishi bo`yicha ham qurilish normalariga zid bunyod etilganini anglash qiyin emas. Shahar barchamizniki, uni ko`rkamlashtirish ham go`zalligini saqlash ham o`z qo`limizda”, - deyiladi hokimlik xabarida.

    Boshqa yangiliklar