1

Namanganda piyodani o`limiga sababchi bo`lib, voqea joyidan qochgan shaxs ushlandi

Jinoyat 15.02.2019, 21:36
Namanganda piyodani o`limiga sababchi bo`lib, voqea joyidan qochgan shaxs ushlandi

2019 yil 11 fevral kuni noma`lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinada Namangan viloyatining Chust tumani, Zarafshon mahallasi hududida 35 yoshli ayolni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgani, ayol kasalxonada vafot etgani haqida xabar berilgandi.

IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko`ra, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu yo`l-transport hodisasini Toshkent viloyati, Qibray tumanida yashovchi, 63 yoshli N.M. Nexia rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

IIV ushbu holat yuzasidan ichki ishlar organlari xodimlariga ma`lumot bergan fuqarolarga minnatdorlik bildirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1