AsosiyDunyo

Hindistonda sodir etilgan teraktda 40 nafar odam halok bo`ldi

'Hindistonda sodir etilgan teraktda 40 nafar odam halok bo`ldi'ning rasmi

Hindistonning Jammu va Kashmir shtatida harbiy avtokolonnaga amalga oshirilgan hujum oqibatida halok bo`lganlar soni 40 nafarga etdi, deb xabar berdi TASS nashri.

Jammudan Shrinagarga yo`l olgan 78 ta transport vositasidan iborat avtokolonna yonida terrorchi-xudkush 350 kilogramm portlovchi modda ortilgan avtomobilni portlatgan. Ma`lum qilinishicha, avtokolonnada 2,5 mingdan ko`proq harbiy bo`lgan. “Men bu pastkash hujumni qat`iyan qoralayman .Butun millat halok bo`lganlarninng oilalari bilan elkama-elka turibdi. Barcha jabrlanganlar tezroq tuzalib ketishlarini tilayman”dedi Hindiston bosh vaziri Narendra Modi. Hujum uchun javobgarlikni “Jaysh-a-Muhammad” guruhi o`z zimmasiga olgan.

    Boshqa yangiliklar