Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda qo`shtirnoq ichidagi sarroflar faoliyati fosh etildi.
O`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqarolardan biri o`ziga tegishli avtomashinada 30 ming turkman manatini jami 60 000 000 so`mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.
Shuningdek, ushbu fuqaro xolislar ishtirokida shaxsiy ko`rikdan o`tkazilganida, kurtkasi cho`ntagida ham 9800 turkman manati borligi aniqlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






