AsosiyJamiyat

Toshkent shahrining ikki tumanida ichki ishlar bo`limlariga yangi rahbar tayinlandi

Toshkent shahrining Yakkasaroy va Mirzo Ulug`bek, shuningdek, Andijon viloyatining Qo`rg`ontepa tumanlari ichki ishlar bo`limlariga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda «Postda» gazetasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, podpolkovnik Saidakbar Saidumarovich Po`latov Toshkent shahar Yakkasaroy tumani IIB boshlig`i, podpolkovnik Muhiddin O`tkirovich Jo`raev Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani IIB boshlig`i hamda podpolkovnik Botir Karimovich Qosimov Andijon viloyati Qo`rg`ontepa tumani IIB boshlig`i lavozimlariga tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar