1

“Qarshi” aeroportidagi “yashil yo`lak”da qonunbuzarlik fosh etildi

Jinoyat 01.03.2019, 19:00
“Qarshi” aeroportidagi “yashil yo`lak”da  qonunbuzarlik  fosh etildi

Amaldagi tartiblarga ko`ra, jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegaralari orqali 3 dona birlikdagi atir va atirsimon suyuqliklarni bojxona to`lovlarisiz olib kirish normasi belgilangan. Biroq mo`may daromad orttirish istagidagi ayrim shaxslar bojxona to`lovlaridan qochishga urinib, shu turdagi tovarlarni noqonuniy olib kirishga urinishmoqda.

Xususan, “Qarshi aeroport” chegara bojxona postidan “Moskva-Qarshi” yo`nalishidagi parvozini yakunlaganfuqaroA.A.“yashil yo`lak” orqali harakatlanish jarayonida uning harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi va belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi. Natijada, deklarasiyalanmagan va og`zaki so`rov paytida bojxona xodimlariga ma`lum qilinmagan umumiy qiymati 21,5 million so`mni tashkil etuvchi 23 xil turdagi 197 dona ayollar atiri noqonuniy ravishda olib o`tilayotgani aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1