1

"Bibliobus"lar qishloq aholisiga xizmat ko`rsatadi

Jamiyat 02.03.2019, 04:46
"Bibliobus"lar qishloq aholisiga xizmat ko`rsatadi

Namangan shahrida joylashgan Nodirabegim nomidagi axborot-kutubxona markazi 100 yilligi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi yangi loyiha ishlab chiqqani haqida avval xabar bergan edik.

Agentlikning ma`lum qilishicha, kelgusida loyiha doirasida boshqa ishlar ham amalga oshiriladi. Jumladan:

— kutubxona yonida shinam kitob savdo markazi tashkil etiladi;

— viloyatning chekka mahalla va ovullari aholisi, ayniqsa, yoshlar mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Agentlik tomonidan maxsus jihozlangan “Bibliobus” yo`lga qo`yiladi.

“Bibliobus”lar ham kutubxona, ham kitob do`koni sifatida sayyor xizmat ko`rsatadi. Uning yordamida o`quvchilar kutubxonaga emas, kutubxona o`quvchilar oldiga boradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1