AsosiyJinoyat

Bojxonachilar dizel yonilg`isining noqonuniy aylanmasini fosh etishdi

'Bojxonachilar dizel yonilg`isining noqonuniy aylanmasini fosh etishdi'ning rasmi

Bojxonachilar tomonidandizel yonilg`isining noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar hamda “O`zneftgazinspeksiya” hududiy bo`limi vakillari bilan hamkorlikda dizel yonilg`isining noqonuniy savdosiga qarshi tezkor tadbir o`tkazildi.

Tadbir davomida “Marg`ilon-Andijon” yo`nalishida harakatlanayotgan fuqaro I.B. boshqaruvida bo`lgan “Gaz-5327” rusumli transport vositasi belgilangan tartibda to`xtatilib, xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi.

Natijada, avtomashina sisternasida tegishli hujjatlari bo`lmagan, qiymati 20 mln. so`mlik jami 5000 litr miqdordagi dizel yonilg`isi borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar