1

Bojxonachilar vagon o`rindiklari ostiga 1 tonnadan ortiq olma va limon yashirilganligini fosh qilishdi

Jinoyat 15.08.2019, 16:11
Bojxonachilar vagon o`rindiklari ostiga 1 tonnadan ortiq olma va limon yashirilganligini fosh qilishdi

Tashish va saqlash talab-qoidalariga rioya qilmagan holda olib kelinadigan, boz ustiga sifati kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlari yurtdoshlarimiz salomatligiga jiddiy xavf tug`dirishi turgan gap.

Bojxonachilar tomonidan esa shunday qing`ir niyatli kimsalarning rejasi o`z vaqtida bartaraf qilinmoqda.

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Keles temir yo`l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Almata-Nukus” yo`nalishi bo`yicha mamlakatimizga kirib kelgan poezd vagonlari belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi.

Natijada, poezd vagonlaridan birining o`rindiqlari ostiga fuqaro A.N. tomonidan mamlakatimizga noqonuniy tarzda olib kirish maqsadida 1.1 tonnadan ortiq olma va limon yashirilgani fosh bo`ldi.

Shuningdek, 17 turdagi maishiy texnika buyumlari, dori va maishiy tozalash vositalari hamda oziq-ovqatlar ham yashirincha olib o`tilayotgan vaqtida to`xtatib kelindi.

Mazkur tovar-moddiy boyliklarning umumiy qiymati 70 mln. 354 ming so`mni tashkil qildi.

Mazkur poezdda aniqlangan yana bir holatda esa qo`shni davlat fuqarosi N.E. ham qiymati 29 mln. 506 ming so`mlik 9 turdagi tovarlar, xususan oziq-ovqatlar va xo`jalik mollarini bojxona nazoratidan yashirincha olib kirishga uringan vaqtda to`xtatib qolindi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1