1

Yashirilgan kumushlar bojxona chegarasidan o`ta olmadi

Jinoyat 19.08.2019, 10:39
Yashirilgan kumushlar bojxona chegarasidan o`ta olmadi

Xalqaro aeroportlarimiz orqali harakatlanish chog`ida bojxona qonunchiligi buzilishi holatlari bojxonachilar tomonidan o`z vaqtida fosh etilmoqda.

Jumladan, “Buxoro aeroporti” chegara bojxona postidan harakatlanayotgan fuqaro H.A. ning xatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi va ushbu shaxsningyuklari nazoratdan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Tekshiruv davomida ushbu qoidabuzar umumiy qiymati 15,5 million so`mlik 620,22 grammga teng bo`lgan kumushdan yasalgan zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirishga uringanligianiqlandi.

Ayni damda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1