1

Qo`qonda tadbirkorning uyidan 5 mlrd. so`mdan ziyod pul o`g`irlandi. O`g`rilar shu uyning bekasi va haydovchisi

Jinoyat 19.08.2019, 10:46
Qo`qonda tadbirkorning uyidan 5 mlrd. so`mdan ziyod pul o`g`irlandi. O`g`rilar shu uyning bekasi va haydovchisi

Qo`qonda yog`och, shakar, shirinliklar savdosi bilan shug`ullanadigan tadbirkorning o`z xotini, Z.I., uning haydovchisi O.I. o`zaro til biriktirib, tadbirkorning milliy so`mga nisbatan qiymati 5 mlrd. 508 mln. 625 ming 609 so`mni tashkil qilgan juda ko`p miqdordagi 680.000 AQSh dollar pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy sud rasmiy saytida xabar berildi.

Ushbu voeqeaga doir rasmiy hujjatda tadbirkor I.I.ning xotini Z.I. turmush o`rtog`i unga nisbatan munosabati o`zgarib, boshqa ayollar bilan gaplashib yurganidan rashk qilib, uni jazolash maqsadida, turmush o`rtog`i va uning yaqin qarindoshlariga tegishli bo`lgan pullarini o`g`irlik yo`li bilan talon-toroj qilish jinoiy rejasini tuzib, turmush o`rtog`i I.I.ning pullar saqlanadigan temir seyf kalitini yashirincha qo`lga kiritib, jami milliy so`mga nisbatan qiymati 283.532.200 so`mni tashkil qilgan juda ko`p miqdordagi 35.000 AQSh dollar pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, o`zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarf qilgani aytilmoqda.

Z.I. turmush o`rtog`i I.I. bilan oilaviy munosabatlari sababli o`zaro kelishaolmay o`z ota uyiga ketib qolib, shu erda yashab yurgan vaqtda muqaddam oilasiga haydovchilik qilgan I.O. bilan gaplashib, u bilan yaqin munosabatda bo`lib, unga turmush o`rtog`i I.I.ning yotoqxonasidagi seyfda juda ko`p miqdorda pullar saqlanadigan seyfning kalit nusxasini I.O.ga bergan.

I.O. esa I.I. va uning oila-a`zolariga tegishli juda ko`p miqdordagi AQSh dollar pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida Qo`qon shahar Xo`jakent 4-tor ko`chasi raqamsiz uyga kelib, devor orqali g`ayriqonuniy ravishda hovliga kirib, u erdan I.I.ning yotoqxonasiga deraza orqali kirib, Z.I. tomonidan berilgan kalit yordamida seyfni ochib, uning ichidan I.I. va uning yaqin qarindoshlariga tegishli milliy so`mga nisbatan qiymati 5 mlrd. 508 mln. 625 ming 609 so`mni tashkil qilgan juda ko`p miqdordagi 680.000 AQSh dollar pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Shundan so`ng, I.O. va Z.I. jinoiy yo`l bilan qo`lga kiritilgan pullarni o`rtada taqsimlab, o`zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflashgan.

Tadbirkor I.I.ga nisbatan sodir etilgan ushbu o`g`irlik jinoyat ortidan tadbirkorning xotini, Z.I., uning haydovchisi O.I., xotinining dugonasi va dugonasining turmush o`rtog`i A.D. va R.U. hamda Qo`qon shahrida mashhur bo`lgan folbin M.A.ga nisbatan 1-15-1904/17-sonli jinoyat ishi ochildi. Ayblanuvchilarga O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi(JK)ning 169-moddasi 4-qismi “a” bandi va 243-moddasi va 168-moddasi tartibida jinoyat ishi qo`zg`atildi


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1