1

Yashirincha patron olib o`tishga uringan fuqaroning qilmishi fosh bo`ldi

Jinoyat 03.09.2019, 18:30
Yashirincha patron olib o`tishga uringan fuqaroning qilmishi fosh bo`ldi

Bojxonachilar tomonidan kontrabanda holatlariga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.

Jumladan, “Toshkent-Aero” Ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan qurol-yarog`larning noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Xorijiy davlatga uchib ketayotgan fuqaro S.M.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi va uning yuklari belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi.

Natijada, ushbu shaxs deklarasiyada ko`rsatmasdan va bojxonachilarning og`zaki so`rovida ma`lum qilmasdan 7,62 mm. kalibrdagi “SVD” o`qotar qurolining patronini olib o`tishga uringanligi aniqlandi.

Hozirda ushbu xolat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1