AsosiyJamiyat

Toshkent metropolitenida mutolaa burchagi tashkil etildi

'Toshkent metropolitenida mutolaa burchagi tashkil etildi'ning rasmi

Toshkent metropolitenining «Alisher Navoiy» va «Paxtakor »metro bekatlarining o`tish qismida kitobsevarlar uchun mutolaa burchagi tashkil etildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mutolaa burchagiga kitob javonlari va stol-stullar qo`yilgan bo`lib, kitobsevarlar bu erda o`zlariga manzur adabiyotlarni olib o`qishlari mumkin. Ma`lumotlarga ko`ra, bu kitob javonlari muntazam yangi kitoblar bilan to`ldirib boriladi.

Ta`kidlanishicha, javon va stollar metropoliten rahbariyatining tashabbusi bilan o`rnatilgan. Bundan tashqari bu erda choy va pechene ham sotilishi ko`zda tutilgan.

Qayd etish joizki, Toshkent metropolitenida 2018 yilning 1 iyunidan foto va video tasvirga olishga rasman ruxsat berilgan.

2025 yilga qadar Toshkent metropolitenini to`rt barobarga uzaytirish, 30 ga yaqin yangi metro stansiyalarini qurish rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar