AsosiyJAMIYAT

Elektr va gaz tariflari oshishi ortidan kompensatsiyalar ham ko'paytirildi

Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma'lum qildi.

'Elektr va gaz tariflari oshishi ortidan kompensatsiyalar ham ko'paytirildi'ning rasmi

Ma'lum qilinishicha, prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025 yil 2 apreldagi «Yoqilg'i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishda ehtiyojmand aholini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida»gi qaroriga muvofiq, ehtiyojmand oilalarga har oyda iste'mol qilingan elektor energiyasi va tabiiy gaz uchun davlat kompensatsiya to'lovlari berilib kelinmoqda.

Amaldagi tartibga ko'ra, kompensatsiya quyidagi hajmlar uchun to'lanadi:

— elektor energiyasi bo'yicha oylik bazaviy me'yor (200 kVt·soat) oshgan qismi uchun qo'shimcha 150 kVt·soatgacha;

— tabiiy gaz bo'yicha qish oylarida bazaviy me'yordan oshgan 250 kub metrgacha, boshqa oylarda esa 150 kub metrgacha bo'lgan iste'mol hajmi uchun.

Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 15 maydagi 243-son qaroriga muvofiq, 2026 yil 1 iyundan yangi tariflar joriy etilishi munosabati bilan ehtiyojmand oilalar uchun ajratiladigan kompensatsiya miqdorlari ham oshiriladi. Yangi tartibga ko'ra, davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash hajmi kengaytirilib, to'lovlar miqdori ko'paytiriladi.

    Boshqa yangiliklar