1

Bo`stonliqda 1 milliard so`m soliq qarzdorligi undirildi

Jinoyat 30.09.2019, 18:41
Bo`stonliqda 1 milliard so`m soliq qarzdorligi undirildi

Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqlariga asosan qarzdor “Chorbog` GES qurilish” korxonasi hisobidan Bo`stonliq tuman DSI foydasiga jami 3 mlrd. 844 mln. 235 ming so`m soliq qarzdorligi, Respublika byudjetiga 17 mln. 213 ming so`m davlat boji undirish to`g`risidagi yig`ma ijro ishi mavjud bo`lib, qarzdorlikni undirish yuzasidan majburiy ijro harakatlari olib borilmoqda.

Xususan, qarzdor korxonaga tegishli jami 3 turdagi avtotransport vositalari xatlangan bo`lib, baholovchi tashkilotning hisobotiga ko`ra “VAZ-2131” rusumli 62 mln. 316 ming so`m, “Damas” rusumli avtotransport vositasi 42 mln. 392 ming so`m, “LADA” rusumli avtotransport vositasi 110 mln 22 ming so`mga baholanib, hozirda ushbu mol-mulklar elektron onlayn auksion savdolariga sotuvga chiqarilgan.

Bundan tashqari, 16.09.2019 yilda qarzdor “Chorbog` GES qurilish” UKga tegishli Bo`stonliq tuman, Chorbog` qo`rg`oni, Do`stlik ko`chasida joylashgan 3-qavatli ma`muriy bino xatlangan va baholovchi tashkilot tomonidan, 2 mlrd. 770 ming so`mga baholangan bo`lib, realizasiya qilish choralari ko`rilmoqda.

Shuningdek, “Chorbog` GES qurilish” UK hisobidan 29 sentyabr kuni 1 mlrd. so`m soliq qarzdorligi undirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1