1

Er-xotinning urishi bu gal qonli yakun topdi...

Jinoyat 03.10.2019, 15:20
Er-xotinning urishi bu gal qonli yakun topdi...

“Qars ikki qo`ldan chiqadi”, deya bejiz aytilmagan. Oila atalmish muqaddas qo`rg`onning tinch-totuvligi er-xotinga birdek bog`liq. Biroq o`z “men”ini ustun qo`yadiganlar ham topiladi...

68 yoshli Yu.Bekmetov 2018 yilning 26 avgusti soat 15:30 lardarafiqasi G.Madraximova bilan oralarida kelib chiqqan kelishmovchilik natijasida janjallashishadi...

“XOTINIMNI O`LDIRISh NIYaTIM YO`Q EDI”

Sudlanuvchi Yu.Bekmetov sud majlisida aybiga iqror bo`ldi.

— Kelinim kechki ovqatga unnab, supachada masalliqlarni to`g`rab o`tirgandi. Rafiqam nabiralarini kiyim-kechaklarini sal nariroqda yuvayotgandi. Nabiralarimning qo`lidan rafiqamning telefonini olib, undagi raqamlar va “sms”larni ko`rib chiqdim. Qo`limdagi telefonga ko`zi tushib, rafiqam qaytarib berishimni aytdi. Ichidagi narsalarni ko`rib bo`lib, berishimni aytdim. Rafiqam o`zidan-o`zi so`kinib, haqorat qila boshladi. Janjallashmoqchi bo`lganimda, kelinim ajratdi. Uyga kirib ketayotganimda xotinim orqamdan oyoq kiyimlar va idishlarni ota boshladi. Otgan narsalari boshimga tegdi. Jahlim chiqib, oshxonada turgan pichoqni olib, uning oldin yuz qismi, so`ng orqa ko`krak qismiga 2 marta sanchdim... Lekin uni o`ldirish maqsadim bo`lmagan. Kelinim qichqirib yubordi, o`zim karaxt ahvolda qotib qoldim. Xotinim supachadan pastga tushib, qo`shnining uyini old qismiga bordi. Ketidan borib, “seni o`ldirmoqchi emasman. Ko`ngling tinchidimi, endi? O`ldirmoqchi bo`lsam, shu erni o`zida o`ldirib qo`ya qolardim”, dedim. So`ng qo`shnim va kelinim “pichoqni tashlang”, deb, uyga kirgizib yubordi. Uyga kirib, pichoqni oshxonadagi stol ustiga qo`ydim. Xotinimning mazasi qochgani uchun kelinim “tez yordam”ga qo`ng`iroq qilib tusholmadi. Keyin o`g`limga telefon qilib, uyga chaqirdi. Ikkovi xotinimni shifoxonaga olib ketishdi. Biroz vaqt o`tib, uyga tuman IIB xodimlari kelishdi... Qilgan ishimdan chin ko`ngildan pushaymonman.


O`ktamjon Masharifov, jinoyat ishlari bo`yicha Yangiariq tuman sudi raisi:

— Yu.Bekmetov Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Sadoqat ALLABERGANOVA




Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1