1

Odamlarni salkam 23 mln.ga "tushirgan" mansabdor qonun oldida javob beradigan bo`ldi

Jinoyat 04.10.2019, 13:24
Odamlarni salkam 23 mln.ga "tushirgan" mansabdor qonun oldida javob beradigan bo`ldi

Amali va mansabidan o`z manfaati uchun foydalanish bu — xiyonat! Bu haqiqatni o`z vaqtida anglab etmaganlar “qahramoni”miz singari umrini xazon qilgani qoladi...

3 nafar farzandning otasi 31 yoshli U.Sheripov 2013 yil 1 noyabrdan 2017 yil oktyabr oyigacha Hazorasp tumani hokimligiga qarashli “Hazorasp ulgurji savdo kompleksi” direksiyasi bosh hisobchisi, 2017 yil 24 oktyabrdan direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi bo`lib ishlab kelgan. Ter to`kmay, boylik orttirish maqsadida tergov va sudda aniqlashning imkoniyati bo`lmagan shaxslar bilan direksiya hisobchisi sifatida fuqarolar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan “ Hazorasp ulgurji savdo kompleksi”dan xususiy savdo, maishiy xizmat ko`rsatish do`konlari qurilishi uchun to`langan naqd pullarni qabul qilish vakolati yo`qligini bilsa­-da, direksiya hisobchisi sifatida G.Matyakubovning ishonchiga kirgan.

“Hazorasp ulgurji savdo kompleksi” hududidagi 412­sonli savdo do`konini buyurt­ machi G. Matyakubovning turmush o`rtog`i yakka tartibdagi tadbirkor Sh. Xajievaning mablag`i hisobidan qurilishi yuzasidan direksiya bilan Sh.Xajieva o`rtasida tuzilgan 2015 yil 15 yanvardagi shart­ nomaga asosan, 2016 yil sentyabrda G.Matyakubovdan savdo do`koni qurilishi uchun to`langan 13 873 000 so`m naqd pullarini olib, “bank muassasasiga topshiraman”, deb aldaydi. 2 kun o`tib, go`yoki ATB “Agrobank” Hazorasp filialidagi direksiyasining hisob­ raqamiga 2016 yil 19 sentyabrda pul to`langani to`g`risida soxta kvitansiyani G.Matyakubovga beradi.

Nafs balosi tinchlik bermay, eski “hunari”ni ko`rsatadi. Egallab turgan mansabidan foydalanib, B.Qurbonov va Z.Matyakubovlarning ishonchiga kiradi. Sh.Otamuratova va Z.Matyakubov o`rtasida tuzilgan 2014 yil 5 apreldagi va 2016 yil 6 avgustdagi shartnomaga asosan direksiya binosida 2016 yil avgust oyida B.Qurbonovdan savdo do`koni qurilishi uchun to`langan 6 mln. so`m va Z. Matyakubovdan savdo do`koni qurilishi uchun to`langan 3 mln. so`m naqd pullarni oladi. Mablag`ni bankka topshirishini aytib aldab, B.Qurbonov va Z.Matyakubovlarga soxta kvitansiyalarni taqdim qiladi. Jami 9 mln. so`mlik pul mablag`larini o`zlash­tirgan.

Sudlanuvchi U. Sheripov sud muhokamasida aybiga iqrorlik bildirmagan.

Akbar AMINOV, jinoyat ishlari bo`yicha Hazorasp tuman sudi raisi:

— Sudlanuvchi U.Sheripov 168-modda 2-qismi “b”, “v” bandlari (eski tahrirdagi) va 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Jinoyatlar majmui bo`yicha uzil-kesil 1 yil davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, oylik ish haqining 20 foiz miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yilu 6 oy axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Sadoqat ALLABERGANOVA, jurnalist

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1