1

MIB : Qarzdor korxonadan 1 milliard so`m undirildi

Jinoyat 04.10.2019, 13:36
MIB : Qarzdor korxonadan 1 milliard so`m undirildi

Samarqand viloyati xo`jalik sudining 2019 yil 24 may kungi ijro varaqasiga asosan, qarzdor “Uztransgaz” aksiyadorlik jamiyatidan undiruvchi “Kapitalta’mir servis” mas`uliyati cheklangan jamiyati foydasiga 1 mlrd. 89 mln. 25 ming so`m miqdorida qarz undirish yuzasidan ijro hujjati 08.06.2019 yil kuniMajburiy ijro byurosining Yakkasaroy tuman bo`limi ish yurituviga kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati ijrosini ta`minlash maqsadida bo`lim davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro harakatlari amalga oshirilib, qarzdor korxonadan yuqorida ko`rsatilgan jami qarzdorlik bo`lim depozit xisob raqamiga to`liq undirib olindi.

Hozirda, ushbu pul mablag`lari uzoq vaqtdan buyon qarzdorlikni undirolmay yurgan “Kapitalta’mir servis” mas`uliyati cheklangan jamiyati xisob raqamiga o`tkazib berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1