1

Qaroqchi veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlariga jinoyat ishi ochildi

Jinoyat 04.10.2019, 15:27
Qaroqchi veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlariga jinoyat ishi ochildi

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining M.Ulug`bek tumani bo`limi xodimlari tomonidan “Navro`z dehqon bozori” AJ hududida tergovga qadar tekshiruvlar o`tkazildi.

Tekshiruvlar davomida veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari ushbu bozor hududida tuxum, sut va sut mahsulotlari savdosi bilan shug`ullanib kelayotgan tadbirkorlarga, laboratoriya tekshiruv o`tkazmasdan, har kuni mahsulot sifati tekshirilganligi to`g`risidagi xulosani berib kelgani ma`lum bo`ldi. Tadbirkorlardan veterinariya-sanitariya ekspertizasi o`tkazish qoidalarida ko`zda tutilgan normalardan ortiqcha mahsulotlar yig`ilgan. 2019 yilning avgust oyiga qadar tadbirkorlardan jami 20500 dona tuxum hamda sut va sut mahsulotlarini tamagirlik yo`li bilan olib kelganliklari aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlariga nisbatan JKning 214-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harkatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1