1

Surxondaryo viloyatidagi maktabda suiqasd qilindi

Jinoyat 07.10.2019, 12:17
Surxondaryo viloyatidagi maktabda suiqasd qilindi

Joriy yilning 5 oktyabr kuni Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanidagi 23-umumta`lim maktabida fuqaro B.Yu. (1982 y.t., ishsiz) turmush o`rtog`i bilan o`zaro janjallashib, oshxona pichog`i bilan qorin sohasiga bir marotaba urgan, deya xabar beradi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Shu vaqtda ularni ajratmoqchi bo`lgan maktab direktorining ham tanasining turli qismlariga uch marotaba pichoq bilan urib, ularni qasddan o`ldirishga suiqasd qilgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan B.Yu.ga nisbatan JKning 25,97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va prosessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmokda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1