Majburiy ijro byurosi Chirchiq shahar bo`limi tomonidan fuqaro Yu.Fadin va boshqalarning Chirchiq shahar Elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi lavozimida ishlovchi U.A. ning xatti-harakatlaridan norozi bo`lib yo`llagan murojaati yuzasidan surushtiruv olib borildi.
Murojaatchilarning vajlari yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida, 2018 yilning sentyabr oylarida U.A., fuqaro X.To`raevdan unga tegishli bo`lgan korxonada mavjud qarzdorlikni bartaraf qilib berishini aytib, X.To`raevdan ta`magirlik yo`li bilan, jami 2 mln. 900 ming so`m pullarni olganligini, biroq korxonaning elektr energiyasidan mavjud qarzdorligini bartaraf etmaganligini ma`lum qilgan.
Shuningdek, Yu.Fadinning arizasida U.A., undan savdo do`konida iste`mol qilgan elektr energiyasi uchun mavjud qarzdorlik uchun to`lovni amalga oshirish maqsadida, 400 AQSh dollari olib, elektr energiyasidan mavjud qarzdorligini bartaraf etmaganligi bayon qilingan.
Yuqoridagi holatlar bo`yicha olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida, U.A. X.To`raevdan 2 mln. 900 ming so`m pullarni,Yu.Fadindan 400 AQSh dollarini olib, o`z ehtiyojlariga sarflab yuborganligini tan olgan va olgan pullarini o`z egalariga qaytargan.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodekisini 168-moddasi, 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.






