AsosiyJamiyat

XORAZM: Paxta dalasida bog`cha bolalari!

'XORAZM: Paxta dalasida bog`cha bolalari!'ning rasmi

XorazmNews ijtimoiy tarmoqda tarqalgan hudud bilan bog`liq navbatdagi masalaga oydinlik kiritdi.

URGANCh. “Xorazm viloyati Urganch tumanidan yozmokdamiz. Bog`cha bolalarini paxta dalasiga olib chiqishibdi. Maqsad nima? Bu borada soha mas`ullaridan rasmiy izoh kutib qolamiz”, degan ijtimoiy tarmokda rasmlar paydo bo`libdi, xakikatdan xam bu bolalar nima kilyapti bu erda?” — deyiladi xabarda. 

Shundan so`ng mazkur masala bo`yicha o`rganish olib borildi va rasmiy munosabat bildirildi. Ya`ni, ijtimoiy tarmoqlardagi "Paxta dalasida bog`cha bolalari nima qilib yuripdi?"  deb tarqatilgan xabar yuzasidan Xorazm viloyati maktabgacha ta`lim boshqarmasining Dastlabki rasmiy bayonoti e`lon qilindi.

Aniqlanishicha, Urganch tuman maktabgacha ta`lim bo`limi tasarrufida bo`lgan  12-son maktabgacha ta`lim tashkiloti tayyorlov guruhi tarbiyachisi Otojonova Muyassar 2019 yil  22 oktyabr kuni soat 11:30 larda ta`limiy tasdiqlangan ish rejaga asoslanib “O`zbekistonning oq oltini” mavzusida faoliyat olib borgan. Shundan keyin o`tilgan mavzuni mustahkamlash va bolalarda tasavvur va reallik uyg`unligini ta`minlash maqsadida belgilangan ish rejasi(o`quv rejasi)ga muvofiq guruh tarbiyalanuvchilaridan 14 nafarini “Qaychili” maxallasida joylashgan “Ibrohim Farida” fermer xo`jaligi paxta dalasiga sayohatga olib chiqqan.

Ma`lum qilinishicha, maktabgacha ta`lim tashkiloti bilan paxta dalasi oralig`idagi masafa 60-80 metr(bola qadami bilan yurilganda 4-6 daqiqalik masofa)ni tashkil etadi.

Shuningdek, tarbiyachi bolalarni MTTdan tashqariga olib chiqish jarayonida mahalla profilaktika inspektori yordamchisi(posbon) bilan barcha havfsizlik qoidalariga rioya qilgan xolda amalga oshirgan. 

Shu bilan birgalikda Maktabgacha ta`lim boshqarmasi tomonidan ushbu holat albatta ota-onalar bilan oldindan kelishilgan xolda amalga oshirilishi kerakligi ta`kidlangan hamda holat yuzasidan qo`shimcha o`rganish o`tkazilishi ma`lum qilindi.

"Hurmatli ota-onalar, internet foydalanuvchilari, blogerlarimizga yuzlangan xolda voqeaning paxta yig`im-terimiga xech qanlay aloqasi yo`qligini bildiramiz hamda ushbu vaziyatni noto`g`ri talqin qilinmasligini so`rab qolamiz", — deyiladi rasmiy bayonotda. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar