AsosiyJinoyat

Urgut bozori oldida qalbaki dollar sotayotgan shaxs ushlandi

'Urgut bozori oldida qalbaki dollar sotayotgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura Matbuot xizmati yana bir qalbaki pul tayyorlash va uni o`tkazish bilan bog`liq jinoyat haqida xabar berdi.

Unga ko`ra, Departamentning Samarqand viloyati, Urgut tumani bo`limi tomonidan o`tkazilgan tadbir davomida Urgut savdo kompleksining darvozasi oldida fuqaro F.B. jami 2.300 AQSh dollari miqdordagi qalbaki kupyuralarni sotayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning tuman bo`limi tomonidan JKning 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz, bundan avval Namanganda qalbaki valyuta sotgan fuqaro, soxta 100 ming so`mlikdan  foydalanilayotganlik holati va Farg`onada rangli printer yordamida 50.000 so`m kupyuradagi qalbaki pullar tayyorlanayotgani haqida xabar bergan edik. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar