AsosiyJamiyat

O`zbekiston davlat byudjetining daromadlari 2018 yilga nisbatan 1,5 baravarga oshdi

'O`zbekiston davlat byudjetining daromadlari 2018 yilga nisbatan 1,5 baravarga oshdi'ning rasmi

O`zbekiston hukumati Oliy Majlisi palatasiga «Faol investisiya va ijtimoiy rivojlanish yili» davlat dasturining bajarilishi to`g`risida hisobot taqdim etdi, deya xabar berilmoqda regnum.ru'ga tayanib.

Hisobotga ko`ra, 2019 yilning yanvar-sentyabr oylarida yalpi ichki mahsulot o`tgan yilning shu davriga nisbatan 5,7 foizga o`sgan. Sanoat tarmoqlarida o`sish 7 foizni, servis va xizmat ko`rsatish sohasidagi o`sish 12,7 foizni, chakana savdo aylanmasi – 7 foizni, qishloq, o`rmon va baliqchilik – 2,4 foizni tashkil etdi.

Yaratilgan qulay investisiya muhiti natijasida jalb qilingan investisiyalarning umumiy hajmi 46 foizga, qurilish ishlari hajmi – 19,3 foizga o`sdi.

2019 yil yanvar-sentyabr oylarida davlat byudjetining daromadlari 79,2 trln so`mni tashkil etdi, bu o`tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 baravar ko`p, xarajatlari esa 86,5 trln so`mni tashkil etdi. davlat byudjeti xarajatlarining eng yuqori qismi (53,2 foizi) ijtimoiy sohaga to`g`ri keladi.

Umuman olganda, davlat dasturi 274 banddan iborat bo`lib, ularning 203 tasi 2019 yilning to`qqiz oyida yakunlanishi kerak. Hisobot davrida davlat dasturining 168 bandi to`liq bajarildi, ko`rib chiqish jarayonida 24 ta tugallanmagan bandlar bo`yicha hujjatlar loyihalari va 11 ta topshiriqlarni bajarish muddati belgilangan tartibda uzaytirildi.

Boshqa yangiliklar