2019-yilning 29-oktyabr kuni Nur-Sulton shahri yo`nalishidagi Ekaterinburg-Olmaota avtomobil yo`lida Aqmo`la viloyatining Arshali tumani hududida avtomobil urib ketishi natijasida O`zbekiston fuqarosi A.U. voqea joyida halok bo`ldi. Bu haqda TIV Konsullik-huquqiy departamenti ma`lum qildi.
Elchixonaning Konsullik bo`limi vaziyatni nazoratga olgan va Aqmo`la viloyati yo`l polisiyasining tergov organlari bilan aloqa o`rnatgan, shuningdek, marhumning jasadini vatanga yuborish bo`yicha konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar bilan shug`ullanmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a`zolari va yaqinlariga ta`ziya izhor etadi va Qozog`istonning Nur-sulton shahri, Aqmo`la, Shimoliy Qozog`iston, Pavlodar, Qo`stanay va Qarag`andi viloyatlarida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolari zarur hollarda O`zbekistonning Nur-sulton shahridagi Elchixonasiga + 7-717-295-42-52 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslaydi.