Xabaringiz bor, sal avval Navoiy viloyatida «Tez yordam» xodimi tahqirlangani aks etgan videolavha tarqalgani va bunga viloyat IIBsining munosabati berilgan edi.
Mazkur voqea yuzasidan tergov ishlari olib borildi hamda Uchquduq tumanida tez yordam shifokorlarini tahqirlagan shaxslar 15 sutkalik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda darakchi.uz’ga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma`lum qildi.
Aiqlanishicha, Uchquduq tumani ma`muriy sudi qaroriga ko`ra, 1987 yil Buxoro shahrida tug`ilgan K.H. va 1991 yil Samarqand viloyati Pastdarg`om tumanida tug`ilgan E.P.larga 15 sutkalik ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Shuningdek, fuqarolar Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning uchta moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganligi sababli ularga nisbatan jarima ham tayinlangan.