AsosiyDunyo
8545

Shohruhxon 54 yoshga kirdi va tug`ilgan kunini hayratlanarli nishonladi

'Shohruhxon 54 yoshga kirdi va tug`ilgan kunini hayratlanarli nishonladi'ning rasmi

2 noyabr kuni Shohruhxon 54 yoshga to`ldi va tabiiyki,  Bollivud yulduzining ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari do`stlari va muxlislarining yaxshi tilaklariga to`lib toshgani aytilmoqda.

Biroq tabriklarning eng hayratlanarlisi dunyodagi eng baland bino “Burj Halifa”da taqdim etildi. Shanba oqshomida “Burj Halifa”da Xonga alohida ehtirom ko`rsatilib, bu binoda «Bollivud qirolining tug`ilgan kuni muborak!» yozuvi aks etdi.  Shohruhxon bu kutilmagan tabrik uchun “Burj Halifa”ning asoschisi Muhammad Alabbarga minnatdorchilik bildirdi. U o`zining Tvitter sahifasiga: «Sizning mehr-muhabbatingiz beqiyosdir.  Qoyil!  Bu haqiqatan ham men ko`rgan eng baland bino. Dubay,  seni sevaman”,  – deb yozib qoldirgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar