AsosiyJinoyat

5000 dona tramadolning noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

'5000 dona tramadolning noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Sariosiyo” chegara bojxona postiga kirib kelgan fuqaro M.S. boshqaruvidagi “VOLVO FH 42” avtotransporti belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi.  Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tekshiruv natijasida, avtomashinada yuklangan dori vositalaridan tashqari, hujjatlarda ko`rsatilmagan 5000 dona Tramadol dori vositalari yashirincha olib o`tilayotganligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar