6 noyabr kuni Yashnobod tumanining ayrim hududlarida elektr ta`minotida vaqtincha uzilish bo`ladi, deya xabar beradi “Toshkent shahar ETK” AJ Matbuot xizmati.
Xususan tumanning “Mirsharopova” mahallasi xududidagi 215-sonli maktab, “Mirsharopova”, “Alieva”, “Farg`ona yo`li”, “Farg`ona yo`li 3-tor”, “Tabibiy”, “Tabassum” ko`chalarida yashovchi aholi xonadonlarida elektr vaqtincha o`chiriladi.
Shuningdek, tumanning “Yangiobod” mahalla xududida joydashgan 1906-sonli past kuchlanishli transformator punktida va yuqori kuchlanishli VL -0,4 SIP havo elektr uzatish tarmoqlarida mukammal ta`mirlash ishlari olib borilishi sababli soat 09:00 dan 17:00 ga qadar “Yangilik”, “Mirsharopova”, “Alieva”, hamda “Katta Yangiobod” ko`chalaridagi aholi xonadonlarida ham elektr ta`minotida vaqtinchalik uzilishlar bo`ladi.
Toshkent shahar ETK keltirilgan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr suragan.