AsosiyJamiyat

Zoir Mirzaevning kutilmagan tashrifi: “Obodonlashtirish boshqarmasi o`zi “obodonlashtirishga muhtoj”

'Zoir Mirzaevning kutilmagan tashrifi: “Obodonlashtirish boshqarmasi o`zi “obodonlashtirishga muhtoj”'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati hokimi kutilmaganda Qarshi shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi binosiga kirib bordi.

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Z.Mirzaev boshchiligidagi ishchi guruh bugun erta tongdan kutilmaganda Qarshi shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi binosiga kirib bordi.

- Shahar obodligini shu erdan boshlash kerak ekan, - dedi viloyat hokimi. – Bizga o`zi “obodonlashtirishga muhtoj” bo`lgan tashkilot kerak emas. 

Boshqarma rahbariyatiga kamchiliklarni bartaraf etish uchun bir hafta muddat belgilandi. Ham boshqarma binosi, ham shahar obodligiga qarab xulosa qilinishi alohida ta`kidlandi.

Avvalroq viloyat hokimi Qarshi shahrida aholi muammolarini o`rgangani hamda ko`p qavatli uylarning holatini va yoritish tizimlarini yaxshilash maqsadida tungi o`rganish olib borgani haqida xabar berilgandi.

Boshqa yangiliklar