Jamiyat tomonidan neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, tarqatish, kirim-chiqish hisobini yuritilishi yuzasidan o`tkazilgan o`rganishda jami 2,7 mlrd. so`mlik manbalar aniqlandi.
Jumladan neft mahsulotlari sig`imlaridagi mahsulotning haqiqiy qoldig`i bilan hisobxona qoldig`i taqqoslanganda jami 300 mln. so`mlik 32tonna kamomad hamda 0,476 mln so`mlik 0,083 tonna ortiqchalik mavjudligi aniqlandi.
Shuningdek, o`rganish davrida 2019 yil 25 martidan - 10 oktyabrga qadar iste`molchilarga etkazib berilgan neft mahsulotlarini avtotarozi orqali xaridor haqidan urib qolish hisobiga 1 mlrd 614 mln so`mlik 222,5 tonna neft mahsulotlari o`zlashtirilgan. (Mahsulot qiymati 2019 yil 10 oktyabr holatiga bo`lgan o`rtacha birja katirovka narxida hisoblangan).
Bundan tashqari, jamiyatdagi 26-sig`imda saqlanayotgan 111 468 kg miqdordagi moyining sifati GOST 8581-78 talabiga muvofiq emasligi ya`ni mahsulot sifatsizligi aniqlandi. (Mahsulot qiymati 2019 yil 7-11 oktyabr holatiga bo`lgan o`rtacha birja katirovka narxi bo`yicha 828,8 mln so`mni tashkil qiladi).
Xozirgi paytda tekshiruv davom etmoqda. Tergov tadbirlari natijasida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda choralar ko`riladi, deya xabar beradi “O`zneftgazinspeksiya” axborot xizmati.