Nosoz holdagi elektr isitish moslamasidan foydalanib, uni nazoratsiz qoldirilish ayanchli oqibatga olib keldi. Bu haqda FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo`linmasi ma`lum qilmoqda.
2019 yilning 7 noyabr kuni soat 13:24da Farg`ona viloyati Oltiariq tumani Navbaxor MFY Yangiqo`rg`on ko`chasida joylashgan 45-uyda sodir bo`lgan yong`in oqibatida 2018 y.t. qizcha tutundan zaharlanib, voqea joyida halok bo`lganligi haqida Oltiariq tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli Tez tibbiy yordam bo`limidan tuman Ichki ishlar bo`limiga xabar berilgan.
Tezkor-tergov guruhi xodimlari tomonidan voqea joyiga borib, hodisa yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilganda, yashash xonada nosoz elektr isitish moslamasini yoqiq holda nazoratsiz qoldirilishi natijasida uyning 5 kv.metr maydonda pol qismi va ichki jihozlari yonib zararlanganligi, achinarlisi shu xonada beshikda bo`lgan chaqaloq tutundan zaharlanib, vafot etganligi ma`lum bo`lgan.