UzAuto Motors AJ Xorazm viloyati filialida keng ko`lamli modernizasiya ishlari natijasida 2019 yilning 10 oyida jami 48 214 dona avtomobil ishlab chiqarishga erishdi.
Oktyabr oyida xorazmlik avtomobilsozlar tomonidan zavod tarixida ilk marotaba bir oyda 6000 dona avtomobil ishlab chiqarildi.
Qayd etish joizki, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti bundan bir yil oldin Xorazm viloyatiga tashrifi chog`ida avtomobil zavodining ishlab chiqarish quvvatini yiliga 40 mingdan 60 ming donaga ko`paytirishnitopshirgan edi.
UzAuto Motors kompaniyasining Pitnakdagi (Xorazm viloyati) zavodi 2014 yilning yanvar oyida ishga tushirilgan bo`lib, unda Damas va Labo modellari ishlab chiqariladi.