1

MIB ko`magi bilan ota alimentni bir yo`la to`ladi

Jinoyat 11.11.2019, 16:09
MIB ko`magi bilan ota alimentni bir yo`la to`ladi

Bugungi kunda fuqarolarning Byuro organlariga bo`lgan ishonchi tobora ortib bormoqda. Buni his qilgan Byuroning har bir xodimi olijanob xalqimizga beminnat xizmat qilib kelmoqda.

Jumladan, voyaga etmagan bolalarning konstitusiyaviy huquqlarini ta`minlashda olib borilayotgan samarali mehnatlarida ham yaqqol ko`rish mumkin. Fuqarolik ishlari bo`yicha Uchqo`rg`on tumanlararo sudining 2006 yil 1 fevraldagi sud buyrug`igaga asosan qarzdor T.Dexqonboevdan undiruvchi M.Ataboeva foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta`minoti uchun barcha topgan daromadlarini 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan edi. 

Ijro harakatlari davomida, qarzdor T.Dehqonboevdan 23.10.2019 yilda 7.000.000 so`m pul mablag`lari undirilib, notarial idora orqali bolalari voyaga etguniga qadar alimentni pul mablag`lari shaklida bir yo`la to`lash to`g`risida kelishuv bitimi imzolangan. Qarzdor T.Dexqonboevdan farzandi 18 yoshga to`lgunga qadar bo`lgan aliment pullari undiruvchi M.Ataboeva foydasiga to`liq undirilib, undiruvchi sud buyrug`ini bekor qilish haqida ariza bilan sudga murojaat qilgan va Fuqarolik ishlari bo`yicha Uchqo`rg`on tumanlararo sudi 28.10.2019 yilda ajrim chiqargan. 

Natijada, ijro hujjati O`zbekiston Respublikasi “Sud xujjatlari va boshqa organlar xujjatlarini ijro etish to`g`risida”gi Qonunning 37-moddasi, 4-qismi bilan tugatilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1