1

Telegramda “Jihodchilar” ma`ruzalarini tarqatgan qo`qonlik yigitga jazo tayinlandi

Jinoyat 11.11.2019, 16:37
Telegramda “Jihodchilar” ma`ruzalarini tarqatgan qo`qonlik yigitga jazo tayinlandi

Qo`qonda yaqinlariga “Jihodchilar” oqimi faol a`zosining ma`ruzalarini tarqatgan tadbirkor yigitga jazo tayinlandi. Bu haqda Farg`ona viloyati prokuraturasi bo`lim boshlig`ining o`rinbosari Sherali Toshboltaev ma`lum qildi.
"Everyday.uz"  nashrining xabar berishicha, qo`qonlik tadbirkor 25 yoshli Abdusalim Hamidov (ism-familiyalar o`zgartirilgan) 2017 yilda telegramda o`z profiliga ega bo`ladi. Shu tariqa 2018 yil dekabr oyida “Salovatlar” nomli guruhi a`zo bo`ladi. 2019 yil 15 fevral kuni esa kanalda “Jihodchilar” ekstremistik oqimining faol a`zolaridan biri Abdulloh domlaning “Jannatga oshiqlar” nomli ma`ruzasini o`ziga yuklab olib uni 11 nafar sinfdoshi hamda 14 nafar tanishiga tarqatadi.

Toshboltaevning ma`lum qilishicha u o`z aybini to`liq tan olib guvohlar, sinfdoshlari va tanishlarining ko`rsatmalari bilan aybi tasidqlangan. Sud tomonidan unga 4,5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1