Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 11 noyabr kuni Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani, «Surum» MFY, Namunali uy ko`chasida joylashgan 1-uyda chaqnash sodir bo`lgan edi. Buning oqibatida, 2 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan.
Bundan tashqari, 4 nafar fuqarolar turli darajadagi tan-jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.
Mazkur vaziyat yuzasidan maxsus ishchi guruhi tuzilib, voqeaning kelib chiqishi sabablari o`rganildi va tahminiy xulosa taqdim etildi. Unga ko`ra, gaz quvurining nosozligi tufayli, tabiiy gaz er osti orqali sizib chiqib, xonadonga tortilgan kanalizasiya tizimi orqali xonalar ichiga to`plangan.
Sodir bo`lgan chaqnash oqibatida esa uyning deraza romlari, eshiklari, yotoqxonaning devorlari va shifti hosil bo`lgan kinetik zarba natijasida deformasiyaga uchrab, otilib ketgan va shiftdagi temir-beton plitalari qulab tushgan.