AsosiyJamiyat

UzAuto Motors avval foydalanilgan avtomobillar savdosini yo`lga qo`ydi

'UzAuto Motors avval foydalanilgan avtomobillar savdosini yo`lga qo`ydi'ning rasmi

UzAuto Motors kompaniyasi Trade-in dasturi bo`yicha maxsus tekshiruvlardan o`tgan foydalanilgan avtomobillarni xarid qilishni taklif qilmoqda.

Ma`lum qilinishicha, Trade-in dasturi doirasida dilerga topshirilgan har bir foydalanilgan avtomobil maxsus texnologiya asosida mutaxassislar tomonidan sotuvdan oldingi tayyorgarlikdan o`tadi.  

Dastur asosida kompaniyaning yuqori malakali mutaxassislar tomonidan avtotransport vositalarida aniqlangan barcha nuqsonlar asl ehtiyot qismlardan foydalangan holda bartaraf etiladi. Kamchiliklarni tuzatish uchun ishlatiladigan barcha ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi tomonidan kafolatlanadi. Ishlatilgan avtoulovni vakolatli dilerlardan xarid qilib, xaridor sotib olgan transport vositasining sifati va ishonchliligiga ishonch hosil qilishi mumkin.

Trade-In.uz saytida maxsus tekshiruv va tayyorgarlikdan o`tgan foydalanilgan avtomobillarning keng turi mavjud.Xaridor moliyaviy imkoniyatini hisobga olgan holda ehtiyojiga mos keladigan avtomashinani tanlashimumkin: https://trade-in.uz/cars.

Avvalroq Toshkentda UzAuto Motors Service & Trade-In Center yangi sevis va savdo markazi ochilgani haqida xabar bergandik. Markazning asosiy o`ziga xosligi – bu Trade-in tizimi bo`yicha minilgan avtomobilni yangisiga qo`shimcha pul to`lash orqali almashtirish imkoniyatidir.

Boshqa yangiliklar