Oqqo`rg`onda qalbaki yuz ming so`mlik kupyuralar aniqlandi. Bu haqda darakchi.uz’ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma`lum qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqqo`rg`on tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tumandagi chorva mollari bozorida fuqaro I.I.ning ikki bosh qo`ylarini notanish fuqaro 3,4 mln. so`mga xarid qilib, uni aldab, seriya raqamlari bir xil bo`lgan 34 dona 100 000 so`mlik kupyuradagi jami 3,4 mln. so`m qalbaki pullarni berganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 168 va 176-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.